Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirkni o‘ldirishda gumonlanuvchi tergov bilan hamkorlik qilmayapti
«U rasmiylarga aybini tan olmadi. U hamkorlik qilmayapti, lekin uning atrofidagi barcha odamlar hamkorlik qilmoqda», - dedi Yuta gubernatori Spenser Koks. Charli Kirk qotilligida gumon qilinayotgan 22 yoshli shaxsga 16 sentabr kuni ayblov qo‘yiladi.
Tayler Robinson Foto: Reuters
Mashhur konservativ faol va bloger Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan 22 yoshli Tayler Robinson AQSh rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda 14 sentabr, yakshanba kuni Yuta gubernatori Spenser Koks ABC News telekanalida ma’lum qildi. «U rasmiylarga aybini tan olmadi. U hamkorlik qilmayapti, lekin uning atrofidagi barcha odamlar hamkorlik qilmoqda. Va menimcha, bu juda muhim», — deydi Koks.
Tayler Robinson haqidagi ma’lumotni rasmiylar bilan bo‘lishayotganlar orasida Koks uning xonadoshini keltirdi. Yuta shtati gubernatori avvalroq The Wall Street Journal nashriga gumonlanuvchiga so‘l g‘oyalar kuchli ta’sir ko‘rsatganini aytdi. Koks, shuningdek, Charli Kirk otib tashlanganidan so‘ng gumonlanuvchi Discord platformasi foydalanuvchilariga «hazil bilan» o‘q otgan shaxs o‘zi ekanligini aytganini tasdiqladi.
Robinsonga 16 sentabrda rasman ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng jamoatchilik «ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi», dedi Koks.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40