Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Donbassda qulagan "boing" bo‘yicha qarorga sud orqali shikoyat qildi
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva ICAO kengashining 2014 yilda Malayziya "boingi" halokati uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan BMT sudiga shikoyat qilgan. Tashqi ishlar vazirligi qaror «siyosiy sabablar» bilan qabul qilingan deb hisoblaydi.
Foto: Robin van Lonkhuijsen/ANP/IMAGO
Rossiya Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) kengashining 2014 yilda Donbass uzra urib tushirilgan Malayziya havo yo‘llarining MH17 reysini amalga oshirilgan Boeing 777 uchun Moskva javobgarligi haqidagi avvalgi qarori yuzasidan Xalqaro sudga (BMT) shikoyat qildi. Bu haqda 18 sentabr, payshanba kuni kechqurun Rossiya TIV ma’lum qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ICAO kengashining qarori «siyosiy sabablarga ko‘ra» qabul qilingan va «manfaatdor tomon — Niderlandiya shafeligida o‘tkazilgan shubhali tergov natijalariga va birinchi navbatda boshqa manfaatdor tomon — Ukrainadan taqdim etilgan uydirma faktlar»ga asoslangan. «Rossiya BMT nizomi va amaldagi xalqaro huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq haqiqatni izlaydi», — deya ma’lum qildi Rossiya vazirligi.
ICAO BMTning ixtisoslashgan tashkiloti bo‘lib, 193 ta a’zo davlatni o‘z ichiga oladi. Chikago konvensiyasiga ko‘ra, bu davlatlar parvoz paytida fuqarolik samolyotlariga qarshi qurol ishlata olmaydi. ICAO kengashi davlatlar konvensiyani buzgani yoki buzmagani to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Mavzuga oid
20:31 / 12.11.2025
Rossiya qo‘shinlari Pokrovskni deyarli egalladi
10:45 / 20.10.2025
FT: Tramp Zelenskiyni butun Donbassni Rossiyaga berishga chaqirgan
08:40 / 20.10.2025
Tramp: Urushni tugatish uchun Donbassni «bo‘lish» kerak
19:29 / 22.09.2025