Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tishlar salomatligi – ayollar uchun nega alohida ahamiyatga ega?
Sog‘lom tishlar hammaga kerak. Ammo homiladorlikda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining homilaga jiddiy ta’sirini bilasizmi? Ularda infeksiya, asab kasalliklari, rivojlanmay qolish xavf soladi.
Tish sog‘lomligini saqlash ayollar salomatligi uchun muhim omillardan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, stomatolog qabuliga murojaat qiluvchilar orasida ayollar ulushi erkaklarga nisbatan yuqori. Bu faqat estetik yoki tashqi ko‘rinish uchun emas, balki ayol organizmidagi maxsus fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Ayollar hayotidagi gormonal o‘zgarishlar (hayz, homiladorlik, laktatsiya, menopauza) tish va milklarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa: milklarda shish, qon ketish, toksikoz davridagi kislota ta’siri, gormonal o‘zgarishlar ortidan parodont to‘qimalarining zaiflashuvi tufayli ayollar parodont (og‘iz bo‘shlig‘i) kasalliklariga nisbatan ko‘proq moyil. Homiladorlikda esa bu bola uchun ham xavfli.
Homiladorlikda tish kasalliklari bolaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va bir qator ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, homilador ayollardagi og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalar bolaning tug‘ilishi va rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Masalan, parodont kasalliklari bo‘lgan onalarda past vaznli chaqaloq tug‘ilish xavfi 2 barobar yuqori. Milklarida yallig‘lanish kuzatilgan onalarda homilaning rivojlanishi sust bo‘ladi. Onaning tishlarida muammo yuzaga kelganda, bakteriyalar qon bosimiga ta’sir qilib xavfli holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Chaqaloqlarda immunitet zaifligi yuz beradi, chunki infeksiyalar ona organizmida yallig‘lanish hosil qiladi. Yoki tish og‘riqlari bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qilish lozim, aks holda og‘riqlar orqali stress gormonlari oshadi va bolaning asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislar nima deydi?
- Homiladorlikdan avval stomatolog ko‘rigidan o‘tish.
- Agar parodontit, kariyec yoki milk kasalliklari aniqlansa – avval davolang, so‘ng homiladorlikni rejalashtiring.
- Homiladorlik davomida kamida 2 marta tish shifokoriga ko‘rining.
- Milklarda qon ketishi, og‘riq yoki hid o‘zgarishi – jiddiy signal bo‘lishi mumkin.
- Yumshoq tish cho‘tkasi, tish ipi va maxsus og‘iz chayish vositalaridan foydalaning. Qattiq cho‘tka milklarni shikastlashi mumkin.
- Shakarli va kislotali ovqatlardan tiyiling. Homiladorlik paytida tish emali zaiflashadi. Kalsiy va D vitamini yetarli miqdorda qabul qilinishi kerak.
- Toksikoz paytida og‘izni tozalashni unutmang. Qusishdan so‘ng 30 daqiqa o‘tib og‘izni chayish va tishni tozalash tavsiya etiladi.
O‘zbekistonda vaziyat qanday?
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda davolanmagan tish kariyesi va periodontal kasalliklar yuqori. Bolalarning qariyb yarmi davolanmagan tish kariyesiga, kattalarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa davolanmagan kariyesga ega. Asosiy restorativ stomatologik muolajalar mavjud, ammo skrining va profilaktika xizmatlari yetishmayapti.
Ko‘plab ilmiy maqolalar va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar stomatolog qabuliga erkaklarga nisbatan ko‘proq murojaat qiladi. Chunki erkaklarga nisbatan ayollar o‘z sog‘lig‘iga, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Homiladorlikda kalsiy yetishmasligi oqibatida tishlardagi muammolar, emizikli davrdagi tish bilan bog‘liq muammolar ham bunga sabab bo‘ladi. Og‘riq bo‘lmagan holatlarda ham ayollarning estetik jihatdan e’tiborli ekanligi kosmetik stomatologiya (oqartirish, breketlar, vinirlar va h.k.) xizmatlaridan foydalanishgani sabab stomatologlarning mijozlari orasida ayollar ulushi ko‘p.
Oilada bolalarning tishlari og‘riganda ham ko‘proq onalar ularni shifokorga olib boradi. Shuningdek, ayollar sog‘liqqa bog‘liq masalalarda erkaklarga nisbatan kamroq uyalishadi, maslahat so‘rash yoki muammoni ochiq aytishda ham faol bo‘lishadi.
Mavzuga oid
15:18 / 04.12.2025
Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy instrumentlari joriy etiladi
16:06 / 29.11.2025
Neyronlar olamidagi sirlar: ayollar va erkaklar miyasi o‘rtasidagi farqlar haqida
17:50 / 21.11.2025
Go‘zallik yo‘lida qurbonlik: baland poshna aslida qanchalik xavfli?
11:49 / 17.11.2025