Jahon | 12:44 / 20.09.2025
2381
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Vengriyaga sanksiyalarga veto qo‘ymasligi uchun 550 mln yevro beradi

Yevrokomissiya Vengriya bosh vazir Viktor Orbanning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga veto qo‘ymasligi uchun 550 million yevroni taqdim etishga tayyor, deb xabar bermoqda Financial Times manbalarga tayanib.

Foto: ZOLTAN FISCHER/AFP

Bryussel bosh vazir Viktor Orbanning Rossiyadan energiya importiga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarga qo‘ygan vetosini bekor qilishga urinayotgani sababli, Yevropa komissiyasi Vengriyaga ajratilgan 550 million yevro miqdoridagi YeI mablag‘larini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times (FT) 19 sentabr, juma kuni manbalarga tayanib xabar berdi.

FT'ning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi faqat bir ovozdan yangi sanksiyalarni qabul qilishi mumkin. Ayni paytda, Yevropa Ittifoqida Rossiya neftining so‘nggi importchilari bo‘lgan Vengriya va Slovakiya yangi tashabbuslarni to‘sish va xususan, Rossiyaga qarshi yangi choralarga veto qo‘yish bilan bir necha bor tahdid qilgan.

2022 yilda Yevropa komissiyasi Vengriyaga umumevropa dasturlari doirasida ajratilgan taxminan 22 milliard yevroni muzlatib qo‘ydi. Keltirilgan sabablar orasida sud mustaqilligi, qochqinlar huquqlari va akademik erkinlik bilan bog‘liq xavotirlar bor edi. Yevropa Ittifoqi mablag‘larni muzlatishdan Budapesht siyosatiga ta’sir qilish vositasi sifatida foydalangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid