Jahon | 22:42 / 21.09.2025
10349
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytarish bilan tahdid qildi

U Falastin davlati «hech qachon tashkil etilmasligini» ta’kidladi.

Foto: EPA/TASS

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat rasmiylari Falastinning yana bir qancha davlatlar tomonidan tan olinishiga keyingi haftada rasmiy javob berishini aytdi. Shuningdek, u Falastin davlati «hech qachon tashkil etilmasligini» ta’kidladi.

Isroil TIV mamlakat qator davlatlar tomonidan Falastinning tan olinishini rad etishini ma’lum qildi.

«Isroil Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarning Falastin davlatini tan olish to‘g‘risidagi bir tomonlama bayonotini qat’iyan rad etadi. Bu bayonot tinchlikka hissa qo‘shmaydi, aksincha - mintaqani yanada beqarorlashtiradi va kelajakda tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlariga putur yetkazadi», deyiladi bayonotda.

Isroil TIV bunday harakatlarni «Xolokostdan keyingi eng yirik yahudiy qirg‘inini mukofotlash va HAMASni qo‘llab-quvvatlash» deb atadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya rasmiylari deyarli bir vaqtda Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Yaqin vaqt ichida Fransiya va Belgiya rasmiylari ham xuddi shunday qaror qabul qilishi kutilmoqda. Sanab o‘tilgan davlatlardan tashqari Falastinni BMTga a’zo 193 davlatdan yana 147 tasi tan olgan.

Mavzuga oid