Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yushchenko ukrainaliklarni «Moskvagacha borish»ga chaqirdi
Viktor Yushchenko Ukraina 1991 yildagi chegaralariga erishishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrga qo‘shilmasligini aytdi.
Foto: AP Photo
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenko Kiyev g‘alaba qozonishi uchun «Moskvagacha borish» kerakligini aytdi.
«G‘alaba nimaligini hamma har xil tushunadi. Kimlardir urush bo‘layotgan chiziqda qolish kerakligini aytmoqda. Men bunday qilolmayman», — dedi u.
Yushchenko Ukraina 1991 yildagi chegaralariga erishishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrga qo‘shilmasligini aytdi.
«Bunday fikrdagilar farzandlari va nabiralariga eng katta muammoni meros qilib qoldirishadi. Moskvagacha borish kerak! Moskva rejimi mavjud ekan, dunyodagi hech bir inson, hech bir millat, hech bir davlat o‘zini xavfsizlikda his qilolmaydi», dedi sobiq prezident.
Viktor Yushchenko Ukrainani 2005-2010 yillarda boshqargan.
Mavzuga oid
14:11
YeI Kiyevga yordam va’da qildi, ammo 90 mlrd yevrolik kreditni ochmadi
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
13:49 / 19.03.2026
Dron Lvivdagi UXX bosh boshqarmasiga hujum qildi
09:51 / 19.03.2026