Turizm | 10:05 / 22.09.2025
5486
2 daqiqa o‘qiladi

Kobulda birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi

Afg‘oniston poytaxtida birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Mazkur tamaddixona O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tadbirkor vatandosh Dilfuza Boqiyeva va uning turmush o‘rtog‘i tomonidan tashkil etildi.

Kobul shahrida ikki mingdan ortiq turli restoran, kafe va fastfud shoxobchalari faoliyat yuritadi. Biroq O‘zbekiston milliy taomlari restoranlari mavjud emas edi.  

Tadbirkorning ta’kidlashicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijiy davlatlarda milliy brendlarni, shu jumladan, o‘zbek milliy taomlarini targ‘ib etish zarurligi haqidagi fikridan ilhomlanib, Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda ushbu tamaddixonani ochishga qaror qilgan.

O‘zbek milliy taomlari restoranini qurish va bezatish uchun barcha zaruriy ashyolar O‘zbekistondan keltirildi. Bino old tomoniga "O‘zbek milliy taomlari" yozuvi tushirilgan. Kafe intereri o‘zbek milliy matosi – adras bilan bezatilgan bo‘lib, bu mijozlarning hayratiga sabab bo‘lmoqda.   

Ushbu muassasaning tantanali ochilish marosimida Afg‘oniston poytaxtida yashovchi o‘zbek jamoatchiligi vakillari qatnashdi.

Mavzuga oid