Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki kengayadi
“Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlar jalb etilib, ular tomonidan muqobil baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, agentlik har yili 1 aprelgacha Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga quyidagilarni kiritib boradi:
🔹 NNTning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi loyihalari va ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish yuzasidan takliflar;
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, jumladan, ular tomonidan amalga oshirilgan loyiha, tadqiqot va o‘rganishlar to‘g‘risida axborot.
Bundan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi.
Aholining, ayniqsa, yoshlar, fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish, jamiyatda ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalarini tadqiq etish markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
10:39 / 27.06.2026
Suv xo‘jaligidagi korrupsiya davlatga 70 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan
19:03 / 24.06.2026
O‘z ishlayotgan tashkilotdagi korrupsiya haqida xabar berganlar himoya qilinadi
18:43 / 24.06.2026