Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga olib kiriladigan mashinalarni ekologik sertifikatlash bekor qilinadi
“Respublikada g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kiriladigan M va N toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash bekor qilinadi.
Ushbu toifalardagi g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi hukumatning 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi.
Elektr dvigatellar bilan jihozlangan g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.03.2026
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
08:00 / 11.02.2026
Ikkinchi qo‘l mashina: qaysi brend kamroq buziladi?
13:35 / 29.01.2026