Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida faqat kunduzgi ta’lim şaklida öqiydigan talabalarning talabalar turar joylari (TTJ)dagi yaşaş xarajatlari davlat granti yoki tölov-kontraktda öqişidan qat’i nazar, davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Nizomda belgilanişiça, talabaning TTJdagi yaşaş xarajatini qoplab beriş huquqi uning oilasi Ijtimoiy reyestrning “kambağallik çegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boşlab 12 oy davomida saqlanib qoladi.
Şuningdek, mazkur toifadagi talabalar ustuvorlik asosida, navbatsiz davlat OTMning talabalar turar joyiga qabul qilinadi.
Ariza beruvçi har oyning 7-sanasiga qadar özi tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Talaba arizani mustaqil ravişda kontrakt.edu.uz orqali ham yuborişi mumkin.
Ariza tegişli öquv yili uçun bir marta taqdim etiladi.
Fakultetlarda yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosarlari (mas’ullar) elektron tarzda kelib tuşgan arizalarni 1 kun içida umumlaştirib komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya taqdim etilgan arizalarni 1 kun muddatda örganib çiqadi va tegişli qaror qabul qiladi.












