Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlandi
Uni kim pichoqlagani ma’lum emas. Jinoyat bo‘yicha mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib bormoqda.
21 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Turkiya matbuotida ayolning ismi Zulayho ekani haqida yozilgan, ammo aslida haqiqiy ismi boshqa bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, u bir necha yil avval Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzgani uchun deportatsiya qilingan va mamlakatga kirishi taqiqlangan. Keyinchalik ism-familiyasini o‘zgartirgan holda Turkiyaga qaytgan.
Uni kim pichoqlagani ma’lum emas. Jinoyat bo‘yicha mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, jasadni O‘zbekistonga yuborish uchun Bosh konsulxona tomonidan marhumning oila a’zolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026