Jahon | 11:32 / 23.09.2025
18138
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng uzun daryo tizimlari ma’lum qilindi

Dunyodagi eng uzun o‘n beshta daryo tizimi ma’lum qilindi. Reyting asosan Osiyoda joylashgan daryo tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Foto: AFP

Dunyodagi eng uzun daryolar tizimi Nil – Oq Nil – Kagera – Nyabarongo – Mvogo – Rukarara hisoblanadi. U Afrikaning 11 mamlakatidan oqib o‘tadi va uzunligi 6650 kilometrni tashkil qiladi. Daryo tizimi oxir-oqibat O‘rta Yer dengiziga quyiladi.

Ikkinchi o‘rin Janubiy Amerikada joylashgan daryo tizimiga to‘g‘ri keladi: Amazonka-Ukayali-Tambo-Ene-Mantaro. U yetti davlat orqali 6400 kilometrga cho‘zilgan.

Uchinchi o‘rinda Xitoyda joylashgan va Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladigan Yanszi–Tszinsha–Tuntyan–Dangsyu daryosi tizimi. Uning uzunligi 6300 km.

Keyingi o‘rinda Missisipi — Missuri — Jyefferson — Biverxed — Red-Rok — Hell-Roring daryosi tizimi. Deyarli butun daryo tizimi Amerika Qo‘shma Shtatlari orqali o‘tadi. Meksika ko‘rfaziga quyiladigan daryo tizimining uzunligi 6275 kilometrni tashkil qiladi.

Yenisey-Angara-Selenga-Ider daryosi tizimi deyarli butunlay Rossiyada, kichik qismi Mo‘g‘ulistonda joylashgan. Ushbu tizim uzunligi 5539 kilometrni tashkil etadi va Qora dengizga quyiladi.

Keyingi o‘rinlarda Xuanxe (5464 km), Ob–Irtish (5410 km), La-Plata–Parana–Rio Grande (4880 km), Kongo–Lualaba–Luvua–Luapula–Chambeshi (4700 km) va Amur–Argun (4444 km) bor.

Top-15 daryolar tizimiga Lena (4400 km), Mekong (4350 km), Makkenzi-Sleyv-Pis-Finley (4241 km), Niger (4200 km) va Brahmaputra-Yarlung Tsangpo (3969 km) ham kiradi.

Eng ko‘p uzun daryo tizimlari Osiyoda - sakkizta. Avstraliya yoki Yevropada joylashgan bironta ham daryo tizimi birinchi 15 talikka kirmagan. Avstraliyaning eng uzun daryo tizimi – Murrey-Darling-Kalga-Balonn-Kondamin 3672 kilometr bilan 16-o‘rinni egallagan. Yevropadagi eng uzun daryo tizimi Volga bo‘lib, Rossiyada 3645 kilometr uzunlikda joylashgan. U 18-o‘rinni egalladi.

Foto: Tower Paddle Boards

Mavzuga oid