Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AEXA bilan hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha tahdid qildi
Tehron Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaga AEXA bilan hamkorlikni to‘xtatgani fonida mas’uliyat yukladi.
Foto: Lisa Leutner/REUTERS
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bilan hamkorlikni to‘xtatishi bo‘yicha tahdid qildi. Bu haqda Oliy kengash bayonoti e’lon qilindi.
Eronning Tasnim axborot agentligi xabariga ko‘ra, "yevrouchlik" (E3 - Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya)ning harakatlari Tehronning agentlik bilan hamkorligini aslida to‘xtatyapti.
«[Eron] Tashqi ishlar vazirligining AEXA bilan hamkorligi va ushbu muammoni [Tehronning yadroviy dasturi bilan bo‘yicha] hal etish rejalari taqdimotiga qaramay, Yevropa davlatlarining harakatlari agentlik bilan hamkorlikni mohiyatan to‘xtatib qo‘yadi», — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vazirligiga mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Milliy xavfsizlik oliy kengashi qarorlari doirasida maslahatlashuvlarni davom ettirish topshirildi.
Mavzuga oid
22:11 / 22.02.2026
Eron AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi reja tayyorlamoqda
17:47 / 22.02.2026
Eronda talabalar hukumatga qarshi yangi namoyishlar uyushtirdi
14:43 / 22.02.2026
Ko‘pchilik Eronga zarbani kutmoqda: ehtimoliy urush qanday kechishi mumkin?
13:10 / 21.02.2026