Jahon | 14:56 / 23.09.2025
4185
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Rossiyaga gaz turbinalari yetkazib berishni boshladi

Eronning birinchi turbinasi allaqachon Rossiyaga yetib borgan. Eron uskunasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin yetkazib berish to‘xtatilgan Siemens uskunasini almashtirish uchun mo‘ljallangan.

Foto: IntelliNews

Eronning MAPNA kompaniyasi Rossiyaga 40 ta uskunani eksport qilish bo‘yicha kelishuv doirasida birinchi zamonaviy MGT-70 gaz turbinasini yetkazib berdi, deb xabar bermoqda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ixtisoslashgan Intellinews nashri 21 sentabr, yakshanba kuni.

Yetkazib berish shuningdek, generatorlar, elektr jihozlari va ta’mirlash xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Yangi Eron turbinalari sanksiyalar tufayli Moskva foydalana olmayotgan Germaniyaning Siemens turbinalarini almashtirish uchun mo‘ljallangan.

Bir necha hafta oldin Tehron yanada ilg‘or F sinfidagi MGT-75 turbinasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi. Eron, shuningdek, Rossiya bilan harbiy texnologiyalarni, jumladan, Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyada yangilangan "Geran" modellarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan dronlar bo‘lishmoqda.

Shu bilan birga, Moskva o‘z ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. "Ob’yedinennaya dvigatelestroitelnaya korporatsiya" (Rostex tarkibiga kiruvchi) mutaxassislari 25 MVt quvvatga ega AL-41ST-25 gaz turbinasining ikkinchi prototipini sinovdan o‘tkazishni yakunladi. Qurilma Ufadagi UMPO zavodida ishlab chiqarilgan va ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, nemislar qurilmasi bilan deyarli bir xil.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid