Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 bosh lochinni noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi
Bojxonachilar Bo‘stonliqda tabiat qo‘ynidan 8 bosh lochinni ovlab, respublikadan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslarni to‘xtatib qoldi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Noqonuniy ravishda olib o‘tishda atrofdagilarga sezdirmaslik uchun qushlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lingan - qushlarning ko‘z va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan, qanotlari esa skotchlangan, shuningdek tor hajmdagi sumkaga zichlab joylangan.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lochinlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Hozirda qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.


Mavzuga oid
19:10 / 26.03.2026
Bo‘stonliqda ikki kishi mushuklarni qiynab o‘ldirdi
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
14:44 / 24.02.2026
Toshkent xalqaro aeroportida qushlar xavfiga qarshi lochinlar jalb etildi
10:58 / 20.01.2026