Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Trampning Kremlga nisbatan ritorikasi o‘zgarganini olqishladi
Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Amerika prezidenti «Ukrainaning nafaqat chidash, balki o‘z huquqlarini himoya qilish qobiliyatiga ishonishidan» xursand.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan ritorikasini o‘zgartirganini olqishladi. Fransiya rahbari 23 sentabr, seshanba kuni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi oldidan: «Amerika prezidenti Ukrainaning nafaqat chidash, balki biz bilan birga o‘z huquqlarini himoya qilish qobiliyatiga ishonayotganidan xursandman», dedi.
U AQSh prezidentining Rossiya iqtisodiyotining zaiflashgani va Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklariga ishora qilgan bayonotlarini olqishladi. «1000 kundan ortiq vaqt ichida — ko‘p sonli yo‘qotishlar va ko‘plab tinch aholi qurbonlariga qaramay, Rossiya Ukraina hududining atigi bir foizini bosib oldi», — deya qo‘shimcha qildi Makron.
Shu kuni Donald Tramp Yevropa Ittifoqi ko‘magida «Ukraina o‘zining sobiq chegaralaridagi barcha hududini jang qilish va qaytarib olishga qodir»ligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Oq uy rahbari Nyu-Yorkda Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
«Vaqt, sabr va Yevropaning, xususan, NATOning moliyaviy yordami bilan bu urushda asl chegaralarni tiklash mumkin», — dedi Amerika rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya uch yarim yildan beri urush olib bormoqda, bu g‘alaba uchun haqiqiy harbiy kuch «bir haftadan kam vaqt oladi».
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:45 / 09.06.2026