Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: “BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish tarafdorimiz”
O‘zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish tarafdori. Bundan maqsad – zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish va rivojlanayotgan davlatlarning manfaatini himoya qilish, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev BMTdagi nutqida.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hozirgi global vaziyat BMTga yangicha yondashuvlar kerakligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Bugungi yig‘ilishimiz shiddat bilan o‘zgarayotgan murakkab global vaziyatda o‘tmoqda. Bu esa tashkilotimiz faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlamoqda. Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning o‘rni va roli zaiflashmoqda. Qarama-qarshilik, nizo va urushlar kuchaymoqda. Texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oshmoqda. Iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib bormoqda. Bularning hammasi mutlaqo yangi, xavotirli geosiyosiy voqelikni vujudga keltirmoqda”, – dedi prezident.
O‘zbekiston BMT80 tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va “Kelajak uchun pakt”ga qat’iy sodiq qolmoqda, deya tasdiqladi Shavkat Mirziyoyev.
“Biz zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish tarafdorimiz”, – dedi O‘zbekiston rahbari.
Mavzuga oid
18:58
“Ajdodlarimiz merosiga tayanib, Turkiy dunyoning yangi raqamli taraqqiyot davrini barpo etyapmiz” - Shavkat Mirziyoyev
18:37
O‘zbekiston prezidenti Turkistonning tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi
18:10
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
14:16