Jamiyat | 13:17 / 25.09.2025
2463
1 daqiqa o‘qiladi

6 mlrd so‘mlik kuchli dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalari kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borildi.

Foto: DXX

Ular davomida “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahar "Polmon" MFY hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 522 dona “Regapen” va 20 000 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid