O‘zbekiston | 19:58 / 25.09.2025
14435
2 daqiqa o‘qiladi

Kelayotgan 10 kunlikda quruq ob-havo hukmron bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Ammo Boltiqbo‘yida turib qoluvchi antitsiklon Kavkaz bo‘yida qamalib, nam oqimlarni Kaspiy, so‘ng Qoraqalpog‘iston orqali yurtimizga olib kelishi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchiliklar yuz berishi kutilmoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Kelayotgan 6-7 kunlikda quruq va salqin ob-havo bo‘lishi ravshanlashmoqda. Bu kabi ob-havo muhiti xalq tilida “mezon” deyiladi. Ushbu davrda kunduz kunlari harorat tanaga yoquvchi quyoshni, tunlari esa etni junjituvchi salqinlikni taqdim etadi.

Oktyabr oyi boshlarida yuqorida aytilgan antitsiklonning sharqiy chekkasi yurtimizga ta’sir eta boshlaydi. Oktyabr boshlarida sentabr oyi so‘nggi kunlariga nisbatan kunduz kunlari ham, kechalari ham havo harorati 3-4 darajaga pasayadi.

Kelayotgan oktyabr ko‘p yillik o‘rtachalashtirilgan oktyabr ob-havosiga mos bo‘lishi, ayrim viloyatlarda sovuqroq bo‘lishi kutilmoqda. Biroq janubiy viloyatlar va tog‘larda ko‘p yillik me’yoriy qiymatlardan issiqroq bo‘lishi aniq bo‘lmoqda.

Yog‘ingarchilik kesimida esa joriy oktyabr oyi shimoliy hududlarda ko‘p yillik oktyabrga xos bo‘lishi, me’yoriy qiymatdan ko‘proq yog‘inlar yog‘ishi, janubiy viloyatlar, vodiy viloyatlari va Buxoro viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh tumanlarida me’yordan ancha kam yog‘ingarchilik tushishi kutilmoqda.

Mavzuga oid