Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uyda Baydenning portreti o‘rniga avtopero surati osib qo‘yildi
AQSh 46-prezidenti Jo Baydenning portreti Oq uydagi «Prezidentlar shon-sharaf xiyoboni»dan olib tashlandi.
Foto: X/WhiteHouse
Donald Trampning AQSh 45- va 47-prezidenti sifatidagi ikkita portreti o‘rtasida avtopero – avtomatik imzo yoki dastxat qo‘yish qurilmasi surati paydo bo‘ldi. Tegishli suratni Oq uy 24 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
Avtopero Jo Baydenning prezidentlik muddati oxirida chiqarilgan hukmlarni yumshatish yoki mahbuslarni afv etishda ishlatilgan. Uning o‘zi bu qarorlarni og‘zaki ma’qullaganini, yordamchilari esa «gap juda ko‘p hujjatlar haqida ketayotgani» uchun avtoperodan foydalanganini aytgan.
Trampning ta’kidlashicha, Baydenning afv etish to‘g‘risidagi qarorlari haqiqiy emas, chunki ular avtopero yordamida imzolangan. Trampning aytishicha, qurilmadan sobiq prezidentga bildirmasdan foydalanishgan, Baydenning o‘zi buni rad etib kelmoqda.
Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyin sobiq prezident Barak Obamaning portretini Oq uyning yopiq qismiga ko‘chirishni buyurdi. Tramp, shuningdek, katta Jorj Bush va kichik Jorj Bush portretlarini kamroq ko‘rinadigan joylarga ko‘chirishni talab qildi.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
21:50 / 23.12.2025