Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlov boshlandi
Qo‘shimcha tanlovda umumiy tanlovda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinmagan yoki test sinovlarida ishtirok etgan, lekin ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.
Abituriyentlarga 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilgan. Tanlov faqat vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Vakant o‘rinlar ro‘yxatlarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha vakant o‘rinlar, kechki ta’lim shakli bo‘yicha vakant o‘rinlar, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha vakant o‘rinlarni ko‘rish mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun oxirgi muddat 2025 yil 3 oktyabr. Batafsil ma’lumot my.dtm.uz platformasida. Tanlov natijalari 2025 yil 8 oktyabrga qadar e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
12:17 / 22.06.2026
2025 yil OTMni bitirganlarining o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
21:33 / 21.06.2026
OTMlarga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 432 805 nafardan oshdi
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
21:12 / 03.04.2026