Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat xizmatchilari BMT tizimida stajirovka o‘taydi
"El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova Nyu-York shahrida BMTning Xalqaro fuqarolik xizmati komissiyasi (UN ICSC) raisi Larbi Jakta bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar komissiyaning jamg‘arma va Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Davlat boshqaruvi, fuqarolik xizmati va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari bo‘yicha BMT tizimida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish dasturlarini o‘z ichiga olgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik haqida bitim imzolandi. Ushbu bitim "El-yurt umidi" jamg‘armasi tarixida BMT tizimi tashkiloti bilan aloqalarni mustahkamlovchi ilk rasmiy hujjat hisoblanadi. Bitimning BMT Bosh assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida imzolanishi uning mohiyatini yanada oshiradi.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar davlat xizmatchilari va jamg‘arma stipendiatlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tadqiqotlar va texnik ishlanmalar bilan almashadi. Konferensiyalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa kasbiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. UN ICSC raqamli boshqaruv, inson resurslarini boshqarish va fuqarolik xizmati amaliyoti sohalarida ekspertlik va texnik yordam ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
08:37 / 28.11.2025
Istiqbolli mutaxassislar uchun xorijiy stajirovka tanlovining yangi tartibi joriy etildi
22:51 / 27.11.2025