Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda shisha zavodi quradi
Investitsiya loyihasi Xitoy kompaniyasi tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 10 gektar maydonda 50 ming kvadrat metrli zavod majmuasi va 2 ming kvadrat metrli kvars qumini boyitish kompleksi quriladi. Umumiy sarmoya hajmi 80 mln dollarni tashkil etadi.
Qashqadaryo viloyatida shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod quriladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Investitsiya loyihasi Xitoy kompaniyasi tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 10 gektar maydonda 50 ming kvadrat metrli zavod majmuasi va 2 ming kvadrat metrli kvars qumini boyitish kompleksi quriladi. Umumiy sarmoya hajmi 80 mln dollarni tashkil etadi.
Zavod ishga tushganidan so‘ng oyiga 300 ming tonna shisha mahsulotlari ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotning asosiy qismi ichki bozor talablarini qondirish bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afg‘onistonga eksport qilinadi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi Murodjon Azimov investorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi, shuningdek, loyiha kelgusida barqaror ishlashida doimiy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryoda faoliyat olib borayotgan Xitoy kompaniyalari soni 80 tadan oshgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026