Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abbos: HAMAS Falastin boshqaruvida rol o‘ynamaydi
Falastin yetakchisi Mahmud Abbos BMT Bosh assambleyasiga murojaat qilib, HAMAS harakati bo‘lajak Falastin hukumatida ishtirok etishini rad etdi. Shuningdek, u HAMAS va boshqa guruhlar qurollarini tashlashi kerakligini aytdi.
Foto: Adem Altan/AFP/Getty Images
Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos HAMAS harakatining bo‘lajak Falastin hukumatida ishtirok etishini qat’iyan rad etdi. Abbos 25 sentabr, payshanba kuni BMT Bosh assambleyasi ishtirokchilariga video-aloqa orqali murojaat qilib, «HAMAS davlat institutlarini boshqarishda hech qanday rolga ega bo‘lmaydi», dedi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining umumiy muhokamalari chog‘ida translatsiya qilingan nutqida falastinlik siyosatchi HAMAS va boshqa qurolli guruhlar qurollarini topshirishi va qonuniy hokimiyatga bo‘ysunishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, Falastin davlatini barpo etish uchun xalqaro yordamga chaqirdi.
Falastin ma’muriyati rahbari 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumini «Falastin xalqini ifodalamaydigan harakat» deb atadi. «Biz antisemitizmni rad etamiz», dedi Abbos. Shuningdek, u G‘azo sektorida davom etayotgan urush paytida Isroil armiyasining harakatlarini qoralab, ularni «harbiy jinoyat va insoniyatga qarshi jinoyat» deb atadi.
Mavzuga oid
14:08 / 01.12.2025
Rim papasi: Falastin davlatini tuzish - yagona yechim
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
16:52 / 29.11.2025
Isroil G‘arbiy sohilning shimoliy qismida yirik harbiy operatsiya boshladi
13:17 / 29.11.2025