O‘zbekiston | 09:15 / 26.09.2025
9170
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston ustidagi havo massalari Toshkentga ta’sirini ko‘rsatmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston cho‘llarida anchadan beri yog‘ingarchilik bo‘lmayotgani va so‘nggi kunlarda kuchli shamol kuzatilayotgani sababli Toshkent shahriga qum to‘zonlari yopirilib kelayotgani haqida tarqagan xabarlarga O‘zgidromet munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘istonning Qizil-O‘rda viloyatida kecha soat 17:00 da 15-20 m/s tezlikda shamol esgan, ko‘rish masofasi 10 kmni tashkil etgan.

Qozog‘iston ustidagi havo massalari Toshkentga ta’sirini ko‘rsatmaydi.

2025 yil 25 sentabr kuni soat 23:00 da shamolning tezligi 10-12 m/s, 26 sentabr kuni soat shamolning tezligi 7-10 m/sni tashkil etishi kutilmoqda.

Prognoz ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda shamol kuchayadi. 

Shuningdek, 26 sentabr kuni prognozlarga ko‘ra, Toshkent shahrida shamol tezligi 3-8 m/sdan 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Mavzuga oid