Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp dori, yuk mashinalari va mebelga yangi bojlar joriy qildi
1 oktyabrdan boshlab AQSh import qilinadigan dori-darmonlarga 100 foiz, yuk mashinalariga 25 foiz va mebellarga 50 foizgacha bojlar joriy qiladi. Oq uy bu choralarni milliy xavfsizlikni himoya qilish bilan tushuntirdi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp import qilinadigan dori vositalari, yuk mashinalari va mebellarga yangi tariflar joriy etilishini e’lon qildi. 1 oktyabrdan boshlab barcha brendlar va patentlangan dori-darmonlarga 100 foizlik tarif qo‘yiladi, bu agar kompaniyalar AQShda ishlab chiqarish quvvatlarini qurmasa yuz beradi. Bu haqda u 25 sentabr, payshanba kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.
Tramp alohida bayonotida barcha xorijda ishlab chiqarilgan yuk mashinalariga 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Amerika ishlab chiqaruvchilari, jumladan Peterbilt, Kenworth, Freightliner va Mack Trucks kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kerak. Amerika rahbari o‘z qarorini boshqa narsalar qatorida «milliy xavfsizlik» bilan ham izohladi.
Mebelga har xil stavkalar qo‘yiladi: oshxona jihozlari, yuvish uskunalari va tegishli mahsulotlarga 50 foizlik, yumshoq mebellarga esa 30 foizlik tarif kiritiladi.
So‘nggi oylarda Tramp ko‘plab savdo sheriklari bilan tarif siyosatini keskin kuchaytirdi. Bundan ham yuqori tariflarning oldini olish va bashorat qilishni ta’minlash uchun Yevropa Ittifoqi 7 avgustdan beri aksariyat tovarlarga qo‘llanadigan 15 foizlik umumiy tarifga rozi bo‘ldi.
AQSh Yevropa Ittifoqi avtomobillariga tariflarni pasaytirishni kechiktirdi va ularni oldingi 27,5 foizdan 1 avgustdan boshlab 15 foiz etib belgiladi. Biroq, bu daraja Tramp lavozimiga kirishgunga qadar belgilangan ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar hali ham po‘lat va alyuminiydan 50 foiz boj olyapti.
Mavzuga oid
01:22
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10 / 06.12.2025