Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp G‘arbiy sohil anneksiyasiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Iordan daryosi G‘arbiy sohilini anneksiya qilish rejalarini tanqid qildi va buning oldini olishga va’da berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi ishg‘ol qilingan hududlarni anneksiya qilishini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Amerika yetakchisi 25 sentabr, payshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida shunday va’da berdi.
«Isroilning G‘arbiy sohilni qo‘shib olishiga yo‘l qo‘ymayman. Yo‘q, men bunga yo‘l qo‘ymayman. Bunday bo‘lmaydi», — deya AQSh prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltiradi NBC News.
Ikki liderning brifing oldidan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan bu mavzuni muhokama qilganmi, degan savolga, AQSh prezidenti: «U bilan gaplashdimmi yoki yo‘qmi, Isroilning G‘arbiy sohilni qo‘shib olishiga ruxsat bermayman, yetarli, to‘xtash vaqti keldi», deb javob berdi.
Bu masalani muhokama qilish bir qancha G‘arb davlatlari — Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyaning Falastinni davlat sifatida tan olishini e’lon qilishi fonida boshlandi.