Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Menimcha, bizda G‘azo bo‘yicha kelishuv bor»
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, kelishuv doirasida garovga olinganlar ozod qilinadi va urush tugaydi.
Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
«Bizda G‘azo bo‘yicha kelishuv borga o‘xshaydi. Sizga xabar beramiz. O‘ylashimcha, bizda kelishuv bor», dedi u Oq uyda jurnalistlarga.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, kelishuv doirasida garovga olinganlar ozod qilinadi va urush tugaydi. U ehtimoliy bitimning boshqa tafsilotlarini keltirmadi.
Tramp 22 sentabr kuni arab davlatlari yetakchilariga urushni tugatish, garovga olingan isroilliklarni ozod qilish va G‘azoda HAMASga aloqador bo‘lmagan hukumatni tashkil etishni nazarda tutuvchi navbatdagi rejani taqdim etdi. Arab davlatlari bu rejani qo‘llab-quvvatladi. Isroil va HAMAS - hozircha yo‘q.
26 sentabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlab, urush Isroil tomonidan e’lon qilingan «barcha maqsadlarga erishilmaguncha», ya’ni garovga olinganlar ozod etilmaguncha va HAMAS to‘liq yo‘q qilinmaguncha davom etishini aytdi.
Mavzuga oid
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
23:15 / 09.04.2026