Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Foto: Kun.uz
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi. Jinoiy javobgarlikning mazmuni haqida xabarda ma’lumot berilmadi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.
Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:43 / 26.11.2025
“Xodimlarim soliqchining uyiga kirishdan avval eshikni taqillatishgan” – sobiq IIB boshlig‘i Akmal Xo‘jayev ko‘rsatmasi tinglandi
14:58 / 19.11.2025
Fuqarolik va iqtisodiy nizolarni ko‘rish tartibi soddalashtiriladi
17:33 / 18.11.2025
Poytaxt IIBBning 8 nafar tezkor xodimi fuqaroning 233 ming dollar mablag‘ini zo‘rlik ishlatib tortib olgani ma’lum bo‘ldi
17:36 / 16.11.2025