Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Zelenskiy bilan urushni tugatishni muhokama qilishga tayyor
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha «stolda yaxshi taklif bor». «Agar kelishuvga erishmasak, bu hamma uchun yomon bo‘ladi», dedi Belarus rahbari Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashuvdan keyin.
Foto: AP
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan gaplashishga tayyor. Bu haqda Lukashenkoning o‘zi «Rossiya 1» telekanali muxbiri Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi. Zarubin 26 sentabr, juma kuni Lukashenkoning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralaridan so‘ng bo‘lib o‘tgan ushbu suhbatdan parchalarni o‘zining Telegram-kanalida joylashtirdi.
«Unga aytadigan gapim bor (Zelenskiyga)», — dedi Lukashenko. «Menimcha, maslahatlashuvga kirishish vaqti keldi. «SVO»ning boshida (Rossiya hukumati va kremlparast OAV Ukrainadagi urushni shunday ataydi) biz, uchta slavyan davlati rahbarlari, o‘tirib, bir to‘xtamga kelishimiz kerakligini aytganman. Bu tushunarsiz urushni to‘xtatishga rozi bo‘lamiz. Agar kelishib olishimiz kerak bo‘lsa, kelishib olamiz», — dedi Lukashenko.
Ukrainaga kelsak, «stol ustida yaxshi taklif bor», uni AQSh prezidenti Donald Tramp Alyaskada eshitib, «ko‘rib chiqish va muhokama qilish» uchun Vashingtonga olib ketdi, deya davom etgan Lukashenko. «Juda yaxshi taklif», dedi u va ushbu shartlar Volodimir Zelenskiy uchun ma’qul, «amerikaliklar ularni umuman ma’qullagan» degan fikrni bildirdi. Vashington hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.
Lukashenkoga ko‘ra, ular 2022 yilda to‘xtab, tinchlik o‘rnatishi kerak edi. Shunda Qrimdan tashqari butun sharq Ukrainaga tegishli bo‘lardi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025
Vashington Minskdan 100 dan ortiq siyosiy mahbusni qo‘yib yuborishni talab qilmoqda
22:24 / 10.11.2025
Lukashenko mobil telefonsiz qanday yashash mumkinligini aytdi
22:49 / 04.11.2025