Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlar o‘rtasida ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Ayni paytda O‘zbekistonning yirik shaharlaridan faqat Toshkentga aviaqatnov bor. Masalan, Urganchdan Farg‘onaga yoki Samarqanddan Nukusga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘q. Turistlar oqimini ko‘paytirish strategiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston va viloyatlar o‘rtasida ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti.
Strategik islohotlar agentligida «Reformatics» konsalting kompaniyasi rahbari Nika Gilauri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi agentlik axborot xizmati.
Mazkur kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2040 yilgacha mo‘ljallangan strategiya ustida ish olib borilyapti. Shu maqsadda ekspertlar tomonidan mamlakatdagi mehmonxonalar va turoperatorlar holati, transport infratuzilmasi, viza masalalari, har bir hududdagi sayyohlik salohiyati, xizmat ko‘rsatish majmualari o‘rganilgan.
«O‘tgan yili mamlakatimizga 10 milliondan ortiq xorijiy turist kelgan. Lekin ko‘plab tarixiy obidalar, xushmanzara joylar, madaniy va gastronomik imkoniyatlarga nisbatan bu kam. Shu bois xorijiy turistlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkazish hamda yuqori daromadli sayyohlarni jalb etish maqsad qilinmoqda.
Konsalting kompaniyasi bunga erishish uchun bir qator tavsiyalarni bildirgan. Ular 5 ta ustuvor yo‘nalish – madaniyat va tarix, gastronomiya, Luxary turizm, ko‘ngilochar turizm hamda innovatsion turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Bu, o‘z navbatida, yangi turistik mahsulotlarni yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini keskin oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, samarali marketing kampaniyalari orqali mamlakatni xalqaro maydonda kengroq tanitish kabi kompleks chora-tadbirlarni talab etadi», deyiladi xabarda.
Strategik islohotlar agentligi direktori turistlarni jalb qilishda birinchi omil bo‘lgan transport sohasida qulayliklarni oshirish, xalqaro qatnovlarni ko‘paytirish muhimligini ta’kidlagan. Ayniqsa, mamlakat hududlari o‘rtasida faqat Toshkent orqali emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlarni ham yo‘lga qo‘yib, ichki turizmni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shunga muvofiq, «Reformatics» konsalting kompaniyasi mutaxassislarining har bir hududga tashrifini tashkil etib, mutasaddilar bilan birga qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganishga kelishib olindi. Bu orqali hududiy salohiyatdan to‘la foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi
19:47 / 07.07.2023
O‘zbekiston Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlar sonini ikki barobarga oshirishni taklif qildi
18:27 / 28.03.2023
Toshkentdan Tokioga aviaqatnovlar qayta tiklanadi
21:22 / 07.02.2023