Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 14 apreldan boşlab Toşkent – Tokio –Toşkent yönalişidagi parvozlarni qayta tiklaydi.

Bu haqda Yaponiyaning Nara prefekturasi, Nara şahri meriyasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik taşkiloti (JICA) bilan hamkorlikda Samarqand va Nara şaharlari örtasida birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga bağişlangan tadbirda aytildi.

Qayd qilinişiça, Kunçiqar mamlakatga töğridan-töğri parvozlar har hafta payşanba kunlari amalga oşiriladi.

Toşkent – Tokio yönalişidagi aviaçiptalar narxi 8,4 mln sömdan, Toşkent – Tokio – Toşkent yönalişida esa 14,9 mln sömdan boşlanadi.

Toşkent va Tokio orasidagi aviaqatnovlar koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda töxtatilgan edi.