Yevropa Ittifoqi Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlariga öz havo hududidan foydalanişga ruxsat bermoqçi emas. Bu haqda özining anonim qolişini söragan Yevrokomissiya vakiliga tayanib Politico xabar berdi. Uşbu bayonot Rossiyaning AQŞ bilan Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari doirasida aviaqatnovlarni tiklaşga uringani ortidan berildi.
Yevrokomissiyadagi manbaning tuşuntirişiça, Yevropa mamlakatlarisiz Rossiya aviakompaniyalari AQŞga parvoz qila olmaydi, Yevropa esa bunga qiziqiş bildirmayapti. Birinçi navbatda, rossiyalik taşuvçilarga YeI havo hududida parvoz qiliş taqiqi saqlanib qolmoqda — bu Ukraina bosqiniga javoban joriy etilgandi. Bundan taşqari, Yevropada Rossiya samolyotlarining xavfsizligiga oid jiddiy savollar mavjud. «Sönggi uç yilda Rossiya aviatsiya xizmatlariga yetarli texnik xizmat körsatganmi yoki yöqmi — noma’lum, bu esa ularning samolyotlari uçişga yaroqliligini katta savol ostiga qöyadi», — deydi manba.
2022 yilda Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etilgaç, RF kompaniyalari Yevropa havo hududidan taşqari Ğarb işlab çiqaruvçilaridan (Boeing va Airbus) öz samolyotlari uçun ehtiyot qismlar ta’minotidan ham mahrum böldi. SIG Aviation konsalting kompaniyasi direktori Sander Starreveldning aytişiça, Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlarida qalbaki ehtiyot qismlar işlatilayotgani ehtimoli «juda yuqori». «Bunday samolyotlarga Yevropada tijorat maqsadida uçişga ruxsat beriş nafaqat xavfsiz emas, Yevropa Ittifoqiga qalbaki ehtiyot qismlar kirib kelişi xavfini tuğdiradi», — deydi u.
Bundan taşqari, köplab Rossiya samolyotlari Yevropa aeroportlariga qöngan zahoti hibsga olinişi mumkin. Bunga sabab — Yevroittifoq sanksiyalaridan keyin Rossiya hukumati Ğarbdan lizingga olingan yuzlab samolyotlarni amalda musodara qilgan. «RBK» hisob-kitoblariga köra, 2023 va 2024 yil boşlarida Rossiya Boeing va Airbusʼdan 165 ta samolyotni (mamlakatdagi fuqarolik laynerlarining 40 foiz atrofida) Milliy farovonlik jamğarmasi hisobidan sotib olgan. Starreveldning ta’kidlaşiça, öz mulkini öğirlangan deb hisoblayotgan Ğarb lizing kompaniyalari «iloji boriça köproq aktivlarni qaytarib olişga harakat qiladi».
Avvalroq Istanbulda diplomatik missiyalar faoliyatini normallaştiriş böyiça AQŞ va Rossiya maslahatlaşuvlarining ikkinçi raundi yakunlangani töğrisida xabar berilgandi. Unda Rossiya delegatsiyasi Amerika tomoni bilan oldinroq tortib olingan diplomatik mulkni qaytariş va töğridan töğri aviaqatnovlarni tiklaş masalalarini muhokama qilgan.











