Jamiyat | 17:36 / 28.09.2025
7695
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 19 yil muqaddam qamalgan bojxona inspektori aybsiz deb topildi

U bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, katta miqdordagi mandarin mahsulotlarini bojxona bayonnomasida ko‘rsatmasdan, undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan qochishda xizmat lavozimidan foydalanganlikda, davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishda ayblangan.

Husniddin Choriyev Foto: Videodan kadr

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, Husniddin Choriyev Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining bojxona katta inspektori lavozimida ishlagan.

U bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, katta miqdordagi mandarin mahsulotlarini bojxona bayonnomasida ko‘rsatmasdan, undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan qochishda xizmat lavozimidan foydalanganlikda, davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishda ayblangan.

Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining joriy yil 22 sentabrdagi hukmiga muvofiq Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2006 yil 31 oktyabrdagi hukmi va jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2006 yil 27 dekabrdagi ajrimi bekor qilinib, Husniddin Choriyev aybsiz deb topildi va oqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid