Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yuk mashinasi ko‘prikka urildi
Zangiota tumanida yuk mashinasi yerosti ko‘prigi to‘siniga urildi. Oqibatda ko‘prikning piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan qismi shikastlandi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida yuk mashinasi ko‘prikka urildi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.
26 sentabr kuni soat 19:00 atrofida M.S. boshqaruvidagi MAN yuk avtomobili Zangiota tumanidan o‘tuvchi M39 yo‘lidagi yerosti yo‘lida tegishli taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilganiga qaramasdan harakatlangan. Biroq gabarit o‘lchamlari to‘g‘ri kelmagani sababli ko‘prikning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismidagi beton to‘singa urilgan.
Shundan so‘ng voqea joyiga YHX hodimlari yetib kelib, yuzaga kelgan holatni bartaraf qilgan. Bir muddat avtomobillarning harakatlanishi cheklangan.
«Voqea harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga va ko‘prikning avtomobillar harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismiga ziyon yetkazmagan. Faqatgina ko‘prikning piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan qismi shikastlangan», – deyiladi xabarda.

Hozirda shikastlangan qismni ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan Zangiota tumani YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026