Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya dron haqidagi xabarlardan so‘ng qiruvchilarni havoga ko‘tardi
F-35 qiruvchi samolyotlari «chalg‘ituvchi operatsiya» doirasida Bornholm oroli uzra uchib o‘tdi», deyiladi politsiya xabarida. Mamlakatning havo va harbiy obektlari ustida noma’lum dronlar ko‘proq uchramoqda.
Foto: Bo Amstrup/Ritzau Scanpix/picture alliance
So‘nggi kunlarda noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) bilan bog‘liq hodisalar ortib borayotgan bir paytda Daniya qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi. 28 sentabr, yakshanba kuni kechqurun harbiy samolyot Bornholm oroli uzra bir nechta parvozlarni amalga oshirdi, deb xabar berdi mahalliy politsiya TV 2 telekanaliga. Ularga ko‘ra, bu «chalg‘ituvchi operatsiya» bo‘lgan.
Ikkita F-35 qiruvchi samolyoti ishtirok etdi, deb xabar berdi Berlingske nashri politsiyaga tayanib. Daniya qurolli kuchlari ma’lumotni tasdiqlamadi va izoh bermadi.
Bundan tashqari, kecha davomida politsiya uchuvchisiz uchoqlar kuzatilgani haqida ko‘plab xabarlarni oldi. Bunga javoban u o‘z patrullari yordamida tekshiruv o‘tkazdi. «Bugun - yulduzli tun. Aynan shu narsa xabarlarning ko‘p bo‘lishiga sabab bo‘lgan», — deya tushuntirdi huquq-tartibot idoralari.
Mavzuga oid
15:44 / 23.12.2025
Daniya AQShning Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchisi tayinlanganidan norozi
10:31 / 23.12.2025
RF dronlari Odessadagi port infratuzilmasiga zarar yetkazdi
13:00 / 22.12.2025
2025 yilda Germaniya osmonida 1000 ta shubhali dron qayd etildi
08:42 / 22.12.2025