Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov: «Muammoli» Moldova kanallarini o‘chirmadim
Telegram asoschisining so‘zlariga ko‘ra, Fransiya razvedka xizmatlari unga bir yil avval Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan bir nechta kanallarni o‘chirish uchun bosim o‘tkazgan. Pavel Durov Fransiyada tergov ostida.
Telegram asoschisi Pavel Durov «muammoli» Moldova kanallarini Fransiya razvedka xizmatlari iltimosiga ko‘ra o‘chirmaganini aytdi. Messenjer yaratuvchisi 28 sentabr, yakshanba kuni o‘zining Telegramʼdagi kanalida ta’kidlaganidek, taxminan bir yil avval Durov Parijda bo‘lganida razvedka xizmatlari u bilan vositachi orqali bog‘lanib, Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan bir nechta kanallarni bloklashni so‘ragan.
«Fransiya (va Moldova) rasmiylari tomonidan belgilab qo‘yilgan kanallarni ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng biz qoidalarimizni aniq buzgan bir nechta kanallarni aniqladik va ularni o‘chirdik», deb yozdi u. Durovning ta’kidlashicha, vositachi unga hamkorlik evaziga fransuz razvedkasi 2024 yil avgustida hibsga olish uchun order bergan sudyaga u haqida «yaxshi xabar berishini» aytgan.
Telegram asoschisi vaziyatni «bir necha sabablarga ko‘ra nomaqbul» deb hisobladi. Uning ta’kidlashicha, sudyaga bunday murojaat, agar u sodir bo‘lganida, sud jarayoniga aralashishga urinish bo‘lar edi. Agar bu shunchaki ma’qullash bo‘lganida, bu uning qonuniy mavqeidan foydalanish bilan barobar, dedi Durov.
Uning xabar berishicha, Telegram jamoasi tez orada «muammoli» deb ataluvchi Moldova kanallarining ikkinchi ro‘yxatini oldi – ularning deyarli barchasi qonuniy va messenjer qoidalariga to‘liq mos keladi. «Ularning yagona umumiy jihati shundaki, ular Fransiya va Moldova hukumatlariga yoqmaydigan siyosiy pozitsiyalarni bildirdi», deb ta’kidlaydi Durov va ularni o‘chirish talabini bajarishdan bosh tortganini qo‘shimcha qildi.
Fransiya rasmiylari hozircha vaziyatga izoh bermagan. Avvalroq, 2025 yilning may oyida Pavel Durov «g‘arbiy Yevropa hukumati» Ruminiyadagi prezidentlik saylovlari oldidan Telegramʼdan «konservativ ovozlarni o‘chirishni» so‘raganini, biroq u bu talabni «qat’iy rad etgani»ni da’vo qilgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026