Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya toliblar bilan afg‘onlar deportatsiyasi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
Berlin Kobuldagi toliblar rejimi bilan afg‘onlarni Germaniyadan chiqarib yuborish bo‘yicha muzokaralar tayyorlamoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu birinchi navbatda Germaniyaga tahdid solayotgan jinoyatchilar va shaxslarni Afg‘onistonga chiqarib yuborish bilan bog‘liq.
Foto: EHL Media/IMAGO
Germaniya hukumati Afg‘oniston poytaxti Kobulda toliblar bilan afg‘onlarni Germaniyadan deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqda. «Afg‘onistonga deportatsiyalar muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak! Shuning uchun jinoyatchilar va xavfli shaxslar doimiy ravishda bu yerdan chiqarib yuborilishi uchun biz hozir to‘g‘ridan to‘g‘ri Kobulda muzokaralar olib bormoqdamiz», dedi ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt Bild am Sonntag haftalik nashriga 28 sentabr, yakshanba kuni chop etilgan intervyusida.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya IIV rasmiylari rejim vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun oktyabr oyidayoq Kobulga uchib ketishi rejalashtirilgan. Vazirlik vakili ham bu aloqalarni tasdiqladi.
Shu paytgacha muzokaralar «Afg‘oniston vakillari bilan faqat texnik darajada» o‘tkazilishi haqida gap yuritilgan, ular qayerda o‘tishi esa aniqlashtirilmagan. Ularni Kobulda o‘tkazish qarori munozarali, chunki Germaniya va toliblar o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar yo‘q.
2021 yil avgustida "Tolibon" hokimiyatga qaytganidan beri Afg‘oniston xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan. Bunga inson huquqlari, xususan, ayollar huquqlarining muntazam ravishda buzilishi sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 12.12.2025
Germaniyadagi sud RFning “soyadagi floti” tankerini musodara qilishni taqiqladi
09:12 / 12.12.2025
Mers: Ukrainaning imtiyozlar bo‘yicha takliflari Trampga yetkazildi
19:48 / 11.12.2025
AQSh bir yil ichida 2,5 million noqonuniy migrantni chiqarib yubordi
08:59 / 11.12.2025