Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiya YeI osmoniga dronlarni tankerlardan uchirishi mumkin
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropa uzra uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirish uchun tankerlardan foydalanayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mavjud. Kiyev Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketi bo‘yicha qarorlarini kutmoqda.
Foto: Aleksey Konovalov/TASS
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning fikricha, Rossiya Yevropa havo hududiga uchuvchisiz uchoqlarni uchirish uchun tankerlardan foydalanayotgan bo‘lishi mumkin. «Hozirda bizda razvedka ma’lumotlari bo‘lib, unga ko‘ra ruslar Yevropa davlatlariga qarshi dronlarni uchirish va nazorat qilish uchun tankerlardan foydalanmoqda», dedi u 28 sentabr, yakshanba kuni kechki videomurojaatida.
Ukraina davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Kiyev kelasi hafta YeIning Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketi bo‘yicha Yevropa qarorlarini kutmoqda. «Sanksiyalar Rossiyaning energetika savdosiga va Rossiya tankerlari flotining butun infratuzilmasiga jiddiy zarba berishi ayniqsa muhim», — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasi «yuqori haftasi» davomida Rossiya Ukrainaga qarshi hujumlar uyushtirish uchun «tom ma’noda har kuni, har soat»dan foydalangan. «Ular (Rossiya tomoni vakillari) barcha haqiqiy tinchlik takliflarini rad etdi va bu chinakam qattiq bosimga loyiqdir», deb hisoblaydi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning eslatishicha, 28 sentabr kuni Rossiyaning Ukrainaga ommaviy hujumidan so‘ng Zaporijjya, Kiyev, Kiyev viloyati va boshqa hududlarda oqibatlarni bartaraf ishlari kun bo‘yi davom etgan. «Zarba berilgan joylarning aksariyati oddiy uylar, fuqarolik obektlari bo‘ldi. 80 dan ortiq kishi jarohat oldi. Afsuski, to‘rt kishi halok bo‘ldi, ulardan biri yosh bola», — dedi prezident.
Mavzuga oid
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
20:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda «Ermitaj» muzeyini tomosha qildi
19:28 / 22.12.2025