Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda internet butkul o‘chirildi
Bu toliblarning «axloqqa rioya qilish» siyosati doirasida amalga oshirildi.
Foto: WAKIL KOHSAR/AFP via Getty Images
Afg‘onistonda o‘z nuqtayi nazariga ko‘ra «axloqsizlikka qarshi kurashayotgan» toliblar dushanba kuni mamlakatda internetni butunlay o‘chirib qo‘ydi. Bu haqda NetBlocks xalqaro internet monitoringi xizmati xabar berdi.
«Afg‘onistonda toliblar rasmiylari tomonidan axloq me’yorlarini joriy etish jarayonida internetda butunlay blekaut yuzaga keldi: ertalab ko‘plab tarmoqlar bosqichma-bosqich o‘chirildi; bu telefon aloqasiga ham taalluqli bo‘lmoqda», – deyiladi NetBlocks xizmatining Mastodon.social ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Kobulda yashovchilar BBC muxbiri bilan suhbatda ish kuni oxirida, mahalliy vaqt bilan taxminan kechqurungi soat besh atrofida optik tolali kabellarda internet ishlamay qolganini aytishgan.
AFP agentligi Kobuldagi bo‘limi bilan mobil telefonlar orqali ham bog‘lanib bo‘lmay qolganini ma’lum qilgan.
Afg‘oniston bo‘ylab mobil internet va sun’iy yo‘ldosh televideniyesi faoliyatida ham jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Bundan tashqari, Afg‘oniston poytaxtidan kelgan xabarlarga ko‘ra, u yerda Kobul aeroportidan reyslar bekor qilingan.
Toliblar bir necha hafta oldin mamlakatning turli viloyatlarida optik tolali kabellar orqali yuqori tezlikdagi internet aloqasini uzib qo‘yishni boshlagan va mahalliy foydalanuvchilar internet sekinlashgani yoki butunlay yo‘qolganidan shikoyat qila boshlagandi.
Mahalliy tadbirkorlar bu holat davom etsa, katta zarar ko‘rishlarini aytishmoqda.
Avvalroq «Tolibon» hukumati internetning muqobil kanallarini yaratishini ma’lum qilgandi.
«Afg‘oniston endi internetni o‘chirish bo‘yicha Shimoliy Koreya bilan raqobatda rasman birinchi o‘rinni egalladi», – deya yozdi X ijtimoiy tarmog‘ida mahalliy 1TV telekanali sobiq bosh muharriri Hamid Haydariy dushanba kuni ro‘y bergan to‘liq uzilishni sharhlab.
2021 yil avgustida hokimiyat tepasiga kelganidan buyon toliblar Afg‘onistonda shariat me’yorlarini o‘zlari tushungan shaklda izchillik bilan joriy etib kelmoqda.
Ularning oxirgi qadamlaridan biri – universitetlarda ayollar tomonidan yozilgan kitoblarni o‘rganishni taqiqlash bo‘lgandi.
Shu bilan bir vaqtda, ular inson huquqlari va jinsiy zo‘ravonlik haqidagi materiallarni o‘rganishni taqiqlagan.
Bungacha toliblar 12 yoshdan oshgan ayollar va qizlar uchun maktab va boshqa ta’limni butunlay bekor qilgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
Afg‘onistonda 13 yoshli bola qarindoshlarining qotilini 80 000 tomoshabin oldida qatl qildi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025