Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yermek Kosherbayev bilan orqali muloqot qildi.
"Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Yermek Kosherbayev janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Hamkasbimni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga o‘ta muhim missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shuningdek, strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini yanada kengaytirish, hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligimizni muhokama qildik.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini ta’kidladik".
Yangi tayinlangan vazir Yermek Kosherbayev 60 yoshda. U 2025 yilning 26 sentabriga qadar Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagandan so‘ng mamlakat TIVda ishlagan. Keyinchalik davlat va xo‘jalik idoralarida, Tashqi ishlar vazirligida, xorijiy vakolatxonalarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
21:38 / 12.03.2026