Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun Aksilkorrupsiya tashabbusining 12-mintaqaviy konferensiyasi doirasida O‘zbekiston mazkur tuzilma a’zoligiga qabul qilindi.
Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Boshqaruv guruhi qarori bilan O‘zbekiston ushbu tuzilmaning 35-a’zo mamlakatiga aylandi.
Aksilkorrupsiya tashabbusi 1999 yilda Osiyo taraqqiyot banki va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi — BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasini samarali amalga oshirish orqali mintaqadagi davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish salohiyatini oshirish, halollik, shaffoflik va hisobdorlikni mustahkamlash.
Bugungi kunda tashabbusga 34 davlat a’zo bo‘lib, ular orasida Singapur, Gurjiston, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Vetnam, Ozarboyjon va boshqa Osiyo–Tinch okeani mamlakatlari bor.
Uning doirasida mintaqaviy konferensiyalar, seminarlar, ekspert uchrashuvlari hamda davlatlararo tajriba almashuvlari o‘tkazib kelinadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Indoneziya korrupsiyani bartaraf etish komissiyasi bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakat davlat organlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan choralarni muvofiqlashtirish, yoshlarni halollik ruhida o‘qitish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan idoralararo qo‘shma hujjat ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
20:31 / 13.11.2025
YuNeSKO Bosh konferensiya yuqori darajada o‘tkazilgani tufayli O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
10:20 / 13.11.2025