Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm | 13:46 / 30.09.2025
1322
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga 8 oyda 7,5 mln nafar xorijliklar turistik maqsadda keldi
2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 7,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,5 mln nafarga yoki 49,1 foizga oshgan.
Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iziston – 2 164 521 nafar;
- Qozog‘iston – 1 769 910 nafar;
- Tojikiston – 1 699 984 nafar;
- Rossiya – 663 296 nafar;
- Afg‘oniston – 304 510 nafar;
- Turkmaniston – 243 512 nafar;
- Xitoy – 135 408 nafar;
- Turkiya – 113 109 nafar;
- Hindiston – 42 256 nafar;
- Koreya Respublikasi – 30 039 nafar;
- boshqa davlatlar – 349 849 nafar.
Ularning soni safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 5 166 373 nafar;
- sayyohlik – 1 148 469 nafar;
- xizmat yuzasidan – 837 535 nafar;
- tijorat – 287 747 nafar;
- davolanish – 62 054 nafar;
- o‘qish – 14 216 nafar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish