Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Qatarga misli ko‘rilmagan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etdi
Vashington Qatarning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun «barcha zarur choralarni» - diplomatik, iqtisodiy va kerak bo‘lsa, harbiy choralarni ko‘rishini va’da berdi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Qatarga har qanday qurolli hujum Qo‘shma Shtatlar tinchligi va xavfsizligiga tahdid sifatida baholanishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Hujjatda aytilishicha, Vashington Qatarning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun «barcha zarur choralarni» - diplomatik, iqtisodiy va kerak bo‘lsa, harbiy choralarni ko‘radi.
Farmon Isroilning Dohadagi nishonlarga bergan zarbasidan ko‘p o‘tmay e’lon qilindi. 9 sentabr kuni amalga oshirilgan raketa zarbasi oqibatida bir necha kishi, jumladan, Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi. Hodisa Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Vashingtonga tashrifiga to‘g‘ri keldi.
Isroil zarbadan afsusdaligini bildirdi va Tramp vositachiligida Qatar rasmiylari bilan aloqa o‘rnatdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday kafolatlar ilgari hech bir arab davlatiga berilmagan, shuning uchun bu qadam noyobdir.
Shu bilan birga, farmonning yuridik kuchi masalasi muallaq qolmoqda: to‘laqonli xalqaro shartnoma uchun Senatning ma’qullashi talab etiladi. Shunga qaramay, Vashingtonning signali Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Qo‘shma Shtatlarning Qatar bilan strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iyatini ta’kidlaydi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38