Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni qanchaga oshgani aytildi
2024-2025 o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan (o‘rindoshlarsiz).
Foto: uzedu.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga oshgan.
O‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni yillar kesimida:
2015-2016 o‘quv yili boshiga - 385 ming nafar;
2016-2017 o‘quv yili boshiga - 390,6 ming nafar;
2017-2018 o‘quv yili boshiga - 409,4 ming nafar;
2018-2019 o‘quv yili boshiga - 444,2 ming nafar;
2019-2020 o‘quv yili boshiga - 486,6 ming nafar;
2020-2021 o‘quv yili boshiga - 508 ming nafar;
2021-2022 o‘quv yili boshiga - 510 ming nafar;
2022-2023 o‘quv yili boshiga - 521,6 ming nafar;
2023-2024 o‘quv yili boshiga - 547,8 ming nafar;
2024-2025 o‘quv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025