Jahon | 12:38 / 02.10.2025
5306
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilgi muqobil Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

2025 yilgi Right Livelihood Award mukofoti laureatlari orasida vanuatulik atrof-muhit faollari, huquq himoyachisi Julian Aguon va boshqa bir qancha tashabbuslar bor.

Foto: rightlivelihood.org

1 oktyabr, chorshanba kuni Stokholmda Right Livelihood Award 2025 mukofoti laureatlari e’lon qilindi. Muqobil Nobel mukofoti sifatida ham tanilgan ushbu mukofot Tinch okeanidagi Vanuatu davlatidan Pacific Islands Studens Fighting Climate Change (PISFCC)tashkiloti va huquq faoli Julian Aguon o‘rtasida taqsimlandi.

Mukofot «iqlim adolati masalasini Xalqaro sudga olib chiqqan» faollarga «davlatlarni iqlim bo‘yicha chora ko‘rishga qonuniy majburlash» uchun berildi», deb tushuntirdi Right Livelihood jamg‘armasi.

Bundan tashqari, 2025 yilgi sovrindorlar qatoriga Justice for Myanmar faollar guruhi, Tayvan raqamli agentligining sobiq rahbari Odri Tang va Sudanning Emergency Response Rooms tashabbusi kiradi.

PISFCC Vanuatuda iqlim o‘zgarishi masalasini Haaga sudiga olib chiqish uchun kampaniyaga asos soldi, deb xabar beradi AFP. «Kiribati, Tuvalu va Marshall orollari kabi mamlakatlardagi yoshlar uchun bu ekzistensial muammodir. Har bir suv toshqini bilan ular iqlim o‘zgarishi ta’sirini bevosita boshdan kechirishadi», dedi PISFCC direktori Vishal Prasad iyul oyida AFP'ga.

Mavzuga oid