Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dengizga chiqishda Eron portlaridan foydalanishi mumkin
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Eron islomiy kengash majlisi deputati va "Eron–O‘zbekiston" parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Javad Nikbin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: senat.uz
Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda parlamentlararo aloqalar faollashgani, parlament rahbarlarining muntazam muloqoti va o‘zaro tashriflari ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur sohalarda davlat rahbarlari va hukumatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini qat’iy parlament nazoratiga olish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Eron bilan tibbiyot, nanotexnologiya yo‘nalishlarida tajriba almashish, O‘zbekistonning dengizga chiqishi yo‘lida Eron portlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi.
O‘zbekiston va Eron viloyatlari o‘rtasida madaniy-gumanitar, iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda hududlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
20:52 / 21.03.2026
AQSh admirali: Eronda 8 mingdan ortiq nishonga zarba berdik
19:54 / 21.03.2026