Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga gul ko‘chatlarini ekish uchun 10 mlrd so‘m ajratildi
Toshkent shahriga mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 10 mlrd so‘m ajratildi. Bunda mablag‘ning 1,82 milliard so‘mi turli obodonlashtirish boshqarmalariga, 8,18 milliard so‘mi esa tumanlar kesimida taqsimlanadi.
Foto: Kun.uz
Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining 29 sentabrda qabul qilingan qarori bilan shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalariga mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 10 mlrd so‘m ajratildi.

Qayd etilishicha, mablag‘ respublika budjetining 2025 yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilishidan mahalliy budjetga o‘tkazilgan qism hisobidan yo‘naltiriladi.
Bunda mablag‘ning 1,82 milliard so‘mi turli obodonlashtirish boshqarmalariga, 8,18 milliard so‘m esa tuman kesimida taqsimlandi.
Boshqarmalar kesimida eng katta mablag‘ — 815 million so‘m markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasiga ajratildi. Alohida ahamiyatga ega ko‘chalarni obodonlashtirish boshqarmasi 748 million, Hukumat obektlariga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi 190 million, Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi esa 67 million so‘m oladi.
Mavzuga oid
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026