Jahon | 09:35 / 03.10.2025
6230
2 daqiqa o‘qiladi

ChatGPT ishlab chiquvchisi dunyodagi eng qimmat startapga aylandi

Bloomberg va Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI xodimlari o‘z aksiyalarini sotganidan so‘ng kompaniyaning bozor kapitallashuvi SpaceX'dan o‘tib ketdi. Uning qiymati hozir 500 milliard dollarga baholanmoqda.

Foto: AP

Sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri, Amerikaning OpenAI kompaniyasi multimilliarder Ilon Maskning SpaceX bozor kapitallashuvidan o‘tib ketdi va dunyodagi eng qimmat startapga aylandi. 2 oktyabr, payshanba kuni Bloomberg va Reuters agentliklari kelishuvdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, ChatGPT ishlab chiquvchisi hozirgi va sobiq xodimlari taxminan 6,6 milliard yevrolik aksiyalarni sotganidan keyin 500 milliard dollarga baholangan.

Agentliklarga ko‘ra, xaridor Thrive Capital, SoftBank Group, Dragoneer Investment Group, MGX va T. Rowe Price kabi investorlar konsorsiumi bo‘ldi. Bitim 2025 yil boshida SoftBank tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza davomida qayd etilgan 300 milliard dollarlik avvalgi bahodan sezilarli darajada oshib, kompaniyani dunyodagi eng yirik startapga aylantirdi.

Bir necha kun oldin The Information nashrida e’lon qilingan hisobotda OpenAI'ning 2025 yil birinchi yarmidagi daromadi taxminan 4,3 milliard dollarni tashkil etgani, bu butun 2024 yilga nisbatan 16 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.

ChatGPT ishlab chiquvchisi matnli botlarda yetakchi hisoblanadi va shuningdek, boshqa SI vositalarini, jumladan, avtomatlashtirilgan tasvir va video yaratishni taklif etadi. Kompaniya fond birjasida ro‘yxatga olinmaganligi sababli, investorning kirishi cheklanmagan.

Ilgari Ilon Maskning SpaceX aerokosmik kompaniyasi dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniya hisoblanar edi, uning qiymati 350 milliard dollarga baholangan.

Mavzuga oid