Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzlatilgan Rossiya aktivlari: Belgiya bosh vaziri xavflar haqida ogohlantirdi
Bart De Veverning so‘zlariga ko‘ra, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish YeI uchun «butunlay yangi narsa»dir. Rossiya Markaziy bankining mablag‘lari Belgiyadagi Euroclear depozit hisobraqamlarida saqlanadi.
Foto: AP
Belgiya bosh vaziri Bart De Vever Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi muzlatilgan aktivlaridan foydalanish xavfi haqida ogohlantirdi. De Vever 2 oktyabr, payshanba kuni Kopenhagenda 40 dan ortiq Yevropa yetakchilari ishtirok etgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida so‘zga chiqdi. «Bu xavfli o‘yin», deb ta’kidladi u. Yevropa Ittifoqi uchun bu «butunlay yangi narsa», deya qo‘shimcha qildi Belgiya bosh vaziri.
DW muxbirining xabar berishicha, YeI davlatlari 23-24 oktyabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeIning rasmiy sammitidayoq muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha aniq qaror qabul qilishi mumkin.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 1 oktyabr kuni Kopenhagenda musodara qilish masalasi muhokama qilinmayotganiga va agar Rossiya Ukrainaga tovon to‘lasa, o‘z aktivlarini talab qila olishiga ishontirdi. «Chunki aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak», deya xulosa qildi u.
Shu bilan birga, AFP ta’kidlashicha, to‘g‘ridan to‘g‘ri musodara qilish bo‘yicha jiddiy huquqiy va iqtisodiy shubhalar mavjud. De Veverning fikricha, taklif qilingan tuzilma baribir musodara deb atalishi mumkin. «Pulingizni olib ishlatsam, buni musodara deyishingiz aniq», dedi u.
Mavzuga oid
09:27
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
20:11 / 18.02.2026
Putin yana ikki yil urushishni rejalashtirmoqda – NYT
14:28 / 18.02.2026